Avval xabar berganimizdek, Shahrisabz tumani hokimligi delegatsiyasi 2022 yilning 12-17 dekabr kunlari Yaponiya davlatiga xizmat safarida boʻlib, Yaponiyadagi quyosh panellari ishlab chiqaruvchi «YBM Japan Co.Ltd» kompaniyasi rahbariyati bilan hamkorlik yuzasidan muzokara oʻtkazilgan.
«YBM Japan Co.Ltd» komaniyasi rahbari S.Eshikava Qashqadaryoga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tomonlar oʻrtasida hamkorlik yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra, «YBM Japan Co.Ltd» kompaniyasi bilan Shahrisabz tumanida quyosh panellari ishlab chiqarish va tumandagi aholi, davlat va tadbirkorlik obʼektlarini sifatli quyosh panellari bilan taʼminlash yuzasidan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

