26 Dek 2022

QASHQADARYO VILOYATI HOKIMI SOVRINI UCHUN TASHKIL QILINGAN «ISTIQBOLLI IT-LOYIHALAR» (IDEATHON) KOʻRIK TANLOVINING TAQDIRLASH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 24 dekabr kuni Qarshi shahridagi “IT Park”da Ilk marotaba oʻtkazilayotgan Istiqbolli IT loyihalar viloyat hokimi kubogi (IDEATHON) koʻrik tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni ochib berar ekan, viloyat hokimi Murotjon Azimov: “Viloyatimizda “IT” sohasida 15 ta tuman-shaharda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, eng chekka tumanlarda yashovchi yoshlarning ham IT sohasida bilim olishlari uchun imkoniyat yaratildi”, – deya taʼkidladi.

Ushbu koʻrik tanlov Qashqadaryo viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat innovatsiyasini rivojlantirish boshqarmasi, IT PARK va IT CITY ACADEMY bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tanlovda jami 212 nafar iqtidorli yoshlarning ishlanmalaridan 100 nafari tanlab olindi va ishtirokchilar oʻzaro jamoalarga boʻlingan holda, oʻz ishlanma va loyihalarini taqdim etdilar va tanlov gʻoliblari aniqlandi.