
Joriy yilning 11-30 noyabr kunlari davomida koʻrik tanlovga arizalar toʻliq onlayn shaklda qabul qilinib, roʻyxatdan oʻtgan 212 ta arizalarning nizom talablariga mos keladigan 100 tasi tanlab olindi.
Tanlovga start berilgach, joriy yilning 12-14 dekabr kunlari 100 nafar ishtirokchidan iborat 55 ta jamoalar sunʼiy intellekt, tibbiyot, energetika, taʼlim va boshqa yoʻnalishlarda oʻz loyihalari bilan ishtirok etdilar.


Koʻrik tanlov yakunida Hakamlar xayʼati tomonidan bir ovozdan gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Xususan,
1-oʻrin, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali talabalaridan iborat “Fenix” jamoasi aʼzolariga “Sunʼiy intellekt yordamida insonlarni ortiqcha vazndan ozod qilish uchun alohida tayyorgarlik mashqlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun moslashtirilgan “GiFitai” tizimi uchun;
2-oʻrin, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalaridan iborat “Remobile” jamoasi aʼzolariga “Hozirgi kunda dolzarb boʻlgan energiya taqchilligida aholi xonadonlari va istemolchilar uchun muqobil energiyadan foydalanib, arzon narxlarda avtomatlashtirilgan qurilmalarni ishlatgan holda foydalanish hamda jarayonni mobil qurilma orqali kuzatib borish” imkoniyatini beruvchi “Yashil energetika” tizimi uchun;
3-oʻrin, “IT-city” Akademiyasining tinglovchilaridan iborat
“Javohir Group” jamoasi aʼzolariga “Sogʻliqni saqlash tizimi boʻyicha masofadan turib navbatga yozilish “On-layn navbat” tizimi uchun munosib topildi.

