23 Dek 2022

DEHQONOBOD TUMANIDA KICHIK SANOAT ZONALARIDA KOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI BILAN TAʼMINLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Dehqonobod tumani «Beshbuloq» MFY da tashkil etilayotgan «Kichik sanoat zonasi»dagi kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash ishlari jadal darajada olib borilmoqda. Bunga misol tariqasida, elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtish joizki, ushbu «Kichik sanoat zonasi» uchun 1 ga er maydoni tanlab olingan boʻlib, ushbu er maydoni 8 ta lotlarga boʻlinib, elektron auktsion savdosiga qoʻyilishi moʻljallangan.