
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan boʻlajak investorlar va ishbilarmon doiralar vakillariga investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun ingliz, rus va yapon tillarida barcha kerakli maʼlumotlarni taqdim etishga moʻljallangan Oʻzbekistonning investitsiyalar boʻyicha qoʻllanmasi “https://mift.uz/en/investp” sahifasida eʼlon qilindi.
Qoʻllanmada istiqbolli investorlar va ishbilarmon doiralar vakillari uchun mamlakatimizda soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tadbirkorlik imkoniyatlari, ochiqlikni qoʻllab-quvvatlash va sarmoyaviy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida dolzarb va keng qamrovli maʼlumotlar oʻrin olgan.
Qoʻllanma Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISA) texnik va moliyaviy koʻmagi, shuningdek PricewaterhouseCoopers (PwC) kompaniyasining konsalting koʻmagida yaratilgan.

