17 Dek 2022

RESPUBLIKAMIZDA PILLA ETISHTIRISH BOʻYICHA QAYSI HUDUDLAR ETAKCHI EKANLIGI MAʼLUM QILINDI

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha jami 24,2 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan va bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,4 %ga oshgan.

Shuningdek, joriy yildagi xom-ashyo hajmini hududlar kesimida eng koʻp etishtirgan viloyatlar:

— Samarqand viloyati – 3 122,6 tonna
— Andijon viloyati – 3 115,2 tonna
— Buxoro viloyati – 2 574,4 tonna
— Qashqadaryo viloyati – 2 295,8 tonna ipak tola uchun pilla tayyorlagan va etakchilik qilgan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Kasbi tumanida «KASBI SILK» MCHJ va Kitob tumanida «KITOB SILKWORM EGGS» MCHJ korxonalari foydalanishga topshirilgan.

2022 yil hozirgi vaqtgacha, Qashqadaryo viloyati Xitoy, Tojikiston, Hindiston va Vʼetnamga jami 7,8 mln. dollarlik ipak tola eksportini amalga oshirgan.