17 Dek 2022

YAPONIYADAGI YIRIK KORXONALAR BILAN HAMKORLIK VA EKSPORT MASALALARIDA MUZOKARALAR OLIB BORILDI

Avval xabar berganimizdek, Shahrisabz va Kitob tumanlari ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya ayni paytda Yaponiyada boʻlib turibdi.

Kuni kecha, tashrif davomida Yaponiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi binosida «ECOTEX» va «Yachio engineering» kompaniyalari bilan investitsiya va eksport masalalarida muzokaralar olib borildi.

Shu bilan birga, Shahrisabz shahrida Yaponiyaning yirik salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonasi bilan kelgusida hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishi yuzasidan tomonlarning taklif va fikrlari koʻrib chikildi.