17 Dek 2022

TURKIYA VA QASHQADARYO VILOYATI OʻRTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 15 dekabr kuni Turkiyaning «UTEP» assotsiatsiyasi va Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi.

Muzokara davomida, 20 dan ortiq Turkiya ishbilarmon doira vakillari bilan B2G formatda uchrashuvlar oʻtkazildi hamda turkiyalik tadbirkorlarga Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy va investitsion salohiyati va imkoniyatlari keng yoritib berildi hamda kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.