

Shahrisabz shahri Doʻstlik MFY da joylashgan sanoat yoʻnalishidagi «Shahrisabz tegirmoni» MCHJ tomonidan qiymati 4,5 mlrd. soʻmlik un chiqarishga moʻljallangan korxona oʻz faoliyatini boshladi.
Korxona Qozogʻistonning Kastanay shahridagi «AGRO TRADE LINE Co. LTD» korxonasidan 2100 tonna bugʻdoy olib kelish boʻyicha shartnoma imzolagan boʻlib, mazkur korxonada kuniga 60 tonna un qayta ishlab, qadoqlanmoqda.
Korxona yil yakuniga qadar Afgʻonistonga 1 mln. dollarlik un mahsulotini eksport qilish boʻyicha shartnoma imzolagan.

