28 Noy 2022

BUYUK BRITANIYANING XALQARO SAVDO BOSHQARMASI VA QASHQADARYO VILOYATI OʻRTASIDA IQTISODIY HAMKORLIK YUZASIDAN VEBINAR BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasining Londondagi Elchixonasi koʻmagida Qashqadaryo viloyat hokimligi va Angliyaning nufuzli tashkiloti Halqaro savdo boshqarmasi oʻrtasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga bagʻishlangan vebinar oʻtkazildi.

Shuningdek, vebinarda, Qashqadaryo viloyati hamda Buyuk Britaniyaning energetika, tekstil, togʻ-kon hamda qishloq xoʻjaligi sohalarida ilgʻor tajribaga ega tadbirkorlik subʼektlari vakillari ishtirok etishdi.
Vebinar davomida ishtirokchilar Qashqadaryo viloyatining salohiyati, iqtisodiy koʻrsatkichlari hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov tomonidan soʻngi 5 yil ichida Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari, milliy zahirasi, Oʻzbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan eng nufuzli xorijiy korxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyati boʻyicha taqdimoti namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida, kelgusida tomonlar kelishuviga asosan har ikkala tomon ishbilarmon diora vakillari oʻrtasida Xalqaro biznes forum oʻtkazish yuzasidan takliflar oʻrganilib, kelgusida biznes forum oʻtkazilishi rejaga kiritildi.