11 Okt 2022

BELARUS DELEGATSIYASI «NISHON» TUMANIDAGI CHORVACHILIK KOMPLEKSI IMKONIYATLARI BILAN TANISHDI

Belorussiyaning Vitebsk viloyati ijroya qoʻmitasi raisi (hokimi) A.M.Subbotin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari kecha viloyatimizga tashrif buyurib, shu kunning oʻzida rasmiy uchrashuv va ikki tomonlama shartnomalar imzolandi .

Shuningdek, mehmonlar Qarshi shahridagi qator korxona va taʼlim muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi.

Bugun esa belorussiyaliklar tashrifning ikkinchi kunida dastlab Nishon tumanida boʻlib, hududda tashkil etilgan «Chorva Naslchilik kompleksi»ni borib koʻrishdi.

Maʼlumot oʻrnida, bu chorvachilik kompleksiga Gollandiya davlatidan zotdor hisoblangan, naslli 495 bosh «Golshtin» qora mol (cigir)lari keltirilgan boʻlib, hozirgi kunga qadar 100 nafardan ortiq fuqarolar bandligi taʼminlangan.