18 Okt 2022

«INNOWEEK.UZ-2022» XALQARO INNOVATSION GʻOYALAR HAFTALIGINING OCHILISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI.

Bugun, 18 oktyabr kuni «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, xorijlik va mahalliy mehmonlar ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi jamoasi ham haftalikda oʻz innovatsion ishlanmalari, innovatsion texnologiyalar, alternativ va energiya tejamkor mahsulotlar va yashil innovatsiyalar bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida “Innovatsion gʻoyalar etakchisi” koʻkrak nishonining 2022 yilgi gʻoliblari eʼlon qilindi. Unga koʻra, Qashqadaryodan Ismailov Ibrat Ilxomovich “Innovatsion gʻoyalar etakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Maʼlumot oʻrnida, «InnoWeek.uz-2022» tadbirlari keng qamrovda davom etmoqda.