
Viloyatimizda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, bu kabi ishlarning davomi sifatida viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda Turkiyadan tashrif buyurgan “Antaliya Qishloq xoʻjaligi” instituti ilmiy xodimi Xusayin Namal va “ŞAHDEN – Gida – Tarim – Hayvancilik” kompaniyasi vakili Rifat Bademlar bilan hamkorlik yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra, chorvachilik va meva-sabzavot etishtirish sohalarida bir qator hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Kelgusida, ushbu kelishuvlar asosida viloyatimizda chorvachilik, sut va goʻsht mahsulotlari hajmi va sifatini oshirish boʻyicha hamda viloyatimizda etishtirilayotgan poliz ekinlarini qadoqlab, Turkiyaga eksport qilish boʻyicha bir qator ishlar olib borilishi belgilab olindi.

