19 Sen 2022

QASHQADARYODA SANOAT ZONALARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN DAVRA SUXBATI BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 17 sentyabr kuni viloyat Savdo-sanoat palatasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Jahongir Mamajonov boshchiligida «Erkin iqtisodiy zona», «Kichik sanoat zonasi» va «Yoshlar sanoat zona»larida amalga oshirilayotgan loyihalar va loyiha tashabbuskorlari faoliyatini oʻrganish yuzasidan davra suxbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida, shahar va tumanlarda tashkil etilgan «Kichik sanoat zona» va «Yoshlar sanoat tadbirkorlik zona»lardagi er maydonlarini «e-auksion» savdo platformasi orqali xarid qilgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotlari oʻtkazildi. Tadbir davomida tadbirkorlar bilan mavzu yuzasidan fikr almashildi.