
Yakkabogʻ tumanida faoliyat olib borayotgan “UNIVERSAL TARAQQIYOT TEKSTIL” MCHJ tomonidan qiymati 50 mlrd. soʻmlik ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Korxonada yiliga 10 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilib, tayyor mahsulot asosan Turkiya va Rossiyaga eksport qilinmoqda.

2023 yilda korxona tomonidan qiymati 3 mln. dollarlik «tayyor mato ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida qoʻshimcha 100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

