12 Sen 2022

QASHQADARYOLIK INNOVATORLAR TAQDIRLANDI

Joriy yilning 7-sentyabr kuni “InnoWeek-2022” innovatsion ishlanmalar hududiy koʻrgazmasi Qashqadaryo viloyati bosqichi yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori oʻrinbosari Rustam Kuchkarbaev ishtirok etib, «Eng yaxshi ishlanma», «Eng yaxshi mahsulot» va «Eng yaxshi dasturiy taʼminot» loyihachilarini taqdirladi.

Tadbirda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga “InnoWeek-2022” Halqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etish uchun yoʻllanma berildi.