06 Sen 2022

KITOB TUMANIDA PLASTIK PANELLAR ISHLAB CHIQARADIGAN YANGI KORXONA ISH BOSHLADI

Kitob tumanidagi “Doʻstlik” kichik sanoat zonasida joylashgan “Monofeets group” MCHJ korxonasi tomonidan loyiha qiymati 5,5 mlrd soʻm boʻlgan plastik panellar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.

Korxonaga Xitoydan 240 ming dollarlik uskunalar olib kelib oʻrnatilgan boʻlib, yiliga 220 ming kv/m plastik panellar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.