12 Sen 2022

QASHQADARYODA PILLACHILIK SOHASIDA KENG KOʻLAMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Qashqadaryoda pillachilik sohasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha viloyatda pillachilik sohasida Kasbi va Kitob tumanlarida pilla etishtirish va ipakni qayta ishlashga ixtisoslashgan yirik korxonalar foydalanishga topshirildi.

Kasbi tumanida ipak xomashyosini qayta ishlovchi 1,5 mln dollarlik «KASBI SILK» MCHJ korxonasi yiliga 115 tonna pillani qayta ishlash quvvatiga ega boʻlib, shundan, 72 tonna pillani qayta ishlash liniyasi, 24 tonna xom ipak va 18,4 tonna ipak momigʻi ishlab chiqariladi.

Korxona yiliga 1,3 mln dollarlik mahsulotni Xitoy, Vʼetnam va Hindiston davlatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Huddi shu kabi, Kitob tumanida ishga tushirilgan qiymati 2 mln. dollarlik «KITOB SILKWORM EGGS» MCHJ da ham yiliga 25 ming dona pillani qayta ishlab, undan tayyor ipak mahsuloti olish va tayyor mahsulotlarni xorijga eksport qilish rejalashtirilmoqda.