08 Iyun 2022

🌐 HURMATLI TADBIRKORLAR!

Hozirda Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (IFAD), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki va Frantsiya taraqqiyot agentligi tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda foydalanish uchun kredit resurslari ajratilganini maʼlum qilamiz:

  1. Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (IFAD) – Sut yoʻnalishidagi yirik shoxli qoramollar sotib olish, veterinariya xizmati bilan bogʻliq boʻlgan uskunalar (tovarlar) va xizmatlar uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha, xorijiy valyutada yillik foiz stavkasi 5,5 % shundan, 2,2 % foizini Tadbirkorlarni qoʻllab quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan qoplab beriladi.

Masʼul banklar: AT “Xalq banki”, ATB “Qishloq qurilish banki”

Garov taʼminoti: 125%, shundan 50% fond kafilligi beriladi, oʻzining ulushi 25% kam boʻlmagan xolda (natura yoki pul koʻrinishida).

  1. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) – yirik shoxli qoramollar 500 boshgacha, parranda 100 ming boshgacha, yiliga 10 ming bosh qoramol, 10 mln bosh parrandadan oshmaydigan qushxona jihozlarini xarid qilish uchun, tovar va uskunalarni OTBga aʼzo boʻlgan 67 ta davlatlardan xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan xolda 10 yil muddatgacha yillik foiz stavkasi 19%.

Masʼul banklar: AT “Xalq banki”; ATB “Turonbank”; ATB “Oʻzsanoatqurilishbank”; ATB “Mikrokreditbank”; ATB “Qishloq qurilish bank”; ATB “Ipoteka bank”.

Garov taʼminoti: 125%, oʻzining ulushi 25% kam boʻlmagan xolda (natura yoki pul koʻrinishida).

  1. Jaxon banki – Sut yoʻnalishidagi yirik shoxli qoramollar sotib olish, Qishloq xoʻjaligi texnikalari sotib olish uchun va sut va sut maxsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash uskunalari uchun Imtiyozli davrsiz 7 yil muddatgacha, xorijiy valyutada yillik foiz stavkasi 6,5%.

Masʼul banklar: AT “Xalq banki”, ATB “Oʻzsanoatqurilishbank”, ATIB “Ipoteka bank”, ATB “Turon bank”, ATB “Aziya Alyans bank”, ATB “Aloqa bank”, XATB “Davr bank”, ATB “Asaka bank”, ATB “Qishloq qurilish bank”.

Garov taʼminoti: 125% , oʻzining ulushi 25% kam boʻlmagan xolda (natura yoki pul koʻrinishida).

  1. Frantsiya taraqqiyot agentligi – Yirik va mayda shoxli qoramollar, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, quyonchilik, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, veterinariya xizmati bilan bogʻliq boʻlgan uskunalar (tovarlar) sotib olish va xizmatlar koʻrsatish, chorvachilikni rivojlantirish uchun talab etiladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiya va asbob-uskunalar, chorvachilik sohasiga bogʻliq boshqa yoʻnalishlar uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatgacha, Milliy valyutada yillik foiz stavkasi 20%ni tashkil qiladi.

Masʼul banklar: Xalq bank, Hamkor bank,Qishloqqurilish bank, Mikrokredit bank.

Garov taʼminoti: 125%, oʻzining ulushi 30% kam boʻlmagan xolda (natura yoki pul koʻrinishida).

▫️ Oʻzingiz uchun eng maʼqul taklifni tanlab, tadbirkorlik faoliyatingizni biz bilan boshlang!

▫️ Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin:

📞 +998950930770 Obuna boʻling:
/FACEBOOK (https://facebook.com/investinkashkadarya) /TELEGRAM (https://t.me/qr_invest) /INSTAGRAM (https://www.instagram.com/qr__invest)

Facebook (https://www.facebook.com/investinkashkadarya)