
Qarshi shahrining “Xontepa” MFY hududida 2 gektar maydonida tashkil etilgan vohamizdagi ilk “Yoshlar sanoat zonasi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
🔹 Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochib berdi.
🔹Qisqa vaqt ichida mazkur sanoat zonasida yosh tadbirkorlar tomonidan 23 mlrd. soʻmlik 20 ta loyiha ishga tushirilib, 300 dan ziyod ish oʻrinlari yaratildi.
🔹Jumladan, tekstil va toʻqimachilik boʻyicha 11 ta, mebel sanoati boʻyicha 8 ta, kimyo sanoati yoʻnalishida esa 1 ta loyihalar oʻz faoliyatini boshladi.

