17 Dek 2022

QASHQADARYO VILOYATI DELEGATSIYASI TURKIYADA HAMKORLIK ALOQALARINI MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN XIZMAT SAFARIDA

Joriy yilning 11-16 dekabr kunlarida Qashqadaryo viloyati ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyada hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan xizmat safarida boʻlib, 14 dekabr kuni Turkiyaning kafel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Kutahya seramik» korxonasi bilan muzokara oʻtkazildi. Muzokarada korxonaning ishlab chiqarish salohiyati oʻrganildi va kelgusida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Unga koʻra, korxona vakillari 2023 yilning mart oyida Qashqadaryo viloyatiga hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan tashrifini amalga oshirishni rejalashtirayotganini bildirdi.