Joriy hafta davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi va ishbilarmon doira vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida xizmat safarida boʻlib, hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishish maqsadida qator korxonalar bilan muzokaralar oʻtkazmoqda.


Delegatsiya aʼzolari Abu-Dabidagi erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir qator korxonalar bilan uchrashishdi.
Xususan, Neft va gaz korxonalari uchun ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, Neftgaz qurilish korxonalari, zadvijkalar ishlab chiqarish hamda «Led lampa»lar ishlab chiqarish korxonalari bilan kelgusida viloyatimizda hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflar oʻrganilib, kelishuvlarga erishilmoqda.

