20 Sen 2022

QARSHI TUMANIDA IMPORT OʻRNINI BOSUVCHI DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

Qarshi tumanida “TRAST MED FARM” xususiy korxonasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi dori-darmon vositalari ishlab chiqarish korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Korxonaning umumiy qiymati 3 597 mlrd. soʻm boʻlib, shundan 1 797 mlrd. soʻm AT «Agro» bank tomonidan ajratilgan.

Korxonaga Belorusiyaning «KO LTD» kompaniyasidan 5 komplekt asosiy texnologik uskunalar va 130 komplekt yordamchi uskunalar keltirib oʻrnatilgan boʻlib, korxonada yiliga 800 mln. soʻmlik 2 tonna dori-darmon vositalari: tibbiyot spirti, brilliant koʻki (zelyonka), yod, perekis vodorodi, minovazin ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan.