
Qashqadaryoda birinchi boʻlib, “Buyuk Turon” kichik sanoat zonasida faoliyat koʻrsatayotgan “ALP TEXNO SERVIS” MCHJ zamonaviy smart televizorlar ishlab chiqarish korxonasi “EAS” sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan televizorlar – “EAS” sertifikatiga muvofiq Ozarbayjon va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot oʻrnida, “EAS sertifikati” (Bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikati) – ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining yuqori darajasini, shuningdek, uning barcha xususiyatlarining tasdiqlangan va meʼyorlarga toʻliq muvofiqligini tasdiqlovchi rasmiy xujjat.

