19 Avg 2022

SAMARASIZ BOʻSH TURGAN BINO OʻRNIDA YIRIK FABRIKA

Qarshi tumanidagi “Beshkent paxta tozalash zavodi”ga qarashli boʻlgan samarasiz boʻsh turgan bino negizida “Iyman Tekstil” MCHJ tomonidan qiymati 12 mlrd. soʻm boʻlgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik fabrika faoliyat yuritmoqda.

Fabrikaga Yaponiyadan uskunalar olib kelib oʻrnatilgan boʻlib, har xil turdagi ayollar, erkaklar va bolalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarilmoqda.

Korxona yiliga 4.0 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.

Kelgusida tayyor mahsulotlarni xorijga eksport qilish rejalashtirilmoqda.