

Koʻkdala tumanida umumiy qiymati 5 mlrd. soʻmlik ilk sanoat korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
“OBOD PLAST SS” MCHJga qarashli korxonada chiqindilarni qayta ishlash natijasida, polietilen granula va har xil oʻlchamdagi quvurlar ishlab chiqariladi.
Korxonada bir kunda 1200-1500 kg tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bu koʻrsatkich esa yiliga 300 tonnani tashkil etadi.
Korxona ishga tushishi munosabati bilan 25 nafar doimiy va 10 nafar mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.

