
Yakkabogʻ tumanida qiymati 4.0 mln. dollarlik «Mail Fashion Textile» Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi ishga tushgan boʻlib, korxona tomonidan bugungi kunda tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Mazkur korxona taʼsischilari joriy yil yakuniga qadar xorijga 1.5 mln. dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan.

