02 Avg 2022

CHARM-SANOAT SOHASIDA TADBIRKORLARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR VA PREFERENTSIYALAR

Charm, moʻyna xom ashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda soʻyish, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatda quyidagi koʻrinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar berilsin: foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish; belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etish; yuqoridagi tasdiqlanadigan roʻyxatlarga kiritilmagan, oʻz ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlash muddatini qonunchilikda belgilangan tartibda kechiktirish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-son qarori.