06 May 2022

Eksport oʻrnini bosuvchi millliy mahsulotlarni ishlab chiqarish mavzusida seminar oʻtkazildi

Eksport oʻrnini bosuvchi millliy mahsulotlarni ishlab chiqarish mavzusida seminar oʻtkazildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi hamda “Ernst and Young Valution” MCHJ masʼul vakillari ishtirokida oʻquv seminar tashkil etilib, unda «Loyiha guruhlari» tomonidan eksport oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh qoʻshimcha qiymat zanjirini oʻz ichiga olgan millliy mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni shakllantirish va ularni eksport qilish mavzusi muhokama etildi.

Viloyat loyiha guruhi aʼzolari, tuman (shahar) investitsiya va tashqi savdo boʻlimi masʼullari ishtirok etgan seminarda investitsiya loyihalarining biznes rejalarini ishlab chiqish boʻyicha metodik tavsiyalar, loyihalarni ishlab chiqshdagi iqtisodiy hiisob-kitoblar yoʻnalishida tushunchalar berildi.