06 May 2022

Viloyat hokimi Eron elchisi bilan uchrashdi

Oʻzbek va Eron xalqlari azaldan doʻst birodar boʻlib, davlatlarimizning doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashda ikki davlat rahbarlari muhtaram Shavkat Mirziyoev va muhtaram Ibrohim Raisiy tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Eron Islom Respublikasining yurtimizdagi elchisi Hamid Nayyirobodiy janoblarini qabul qildi. Suhbat davomida ikki tomonlama investitsion muhit va doʻstona hamkorlikni yanada rivojlantirish, Gʻuzorda ish boshlagan polimer ishlab chiqarish va Tabriz hamda Qarshi shaharlari oʻrtasidagi birodarlik kelishuvlari muhokama qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, Tabriz shahri gubernatori vohamizga kelishi, Qarshi shahar hokimi boshchiligidagi delegatsiya Eron davlatiga borishi kutilmoqda. Tabriz Eronning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan yirik iqtisodiy markaz hisoblanadi. Viloyat aholisining aksari oazarbayjon tilida soʻzlashadi. Fors tili ikkinchi rasmiy til hisoblanadi.)