
Muborak tumanida tashkil etilgan Kichik sanoat zonasida Turkiya texnologiyasi asosida “Oltin don invest” korxonasi tashkil etildi.
Korxonada 15 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, sutkasiga 60 tonna bugʻdoy qayta ishlanmoqda.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan bugʻdoy uni “Muborak” brendi ostida qadoqlanib, ichki bozorni taʼminlamoqda.

