19 Dek 2022

VILOYAT HOKIMI XITOYNING “QARSHI CONCH SEMENT” KORXONASI RAHBARLARI BILAN UCHRASHDI

Avval xabar berganimizdek, Kitob tumanida Xitoyning yirik korporatsiyalaridan biri toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritishi hisobidan «Qarshi Conch sement» xorijiy korxonasi ishga tushirilgan edi.

Bugungi kunda mazkur korxonada asosiy mahsulot ishlab chiqarish va zavodning keyingi bosqichini ishga tushurish boʻyicha ishlar davom ettirilib, 400 nafar xodimlar mehnat qilmoqda. Shundan, 250 nafarini mahalliy aholi tashkil etadi.

Uchrashuvda viloyat hokimi ishonchli va istiqbolli hamkorlik uchun kompaniya rahbari Zou De Gangga minnatdorchilik bildirar ekan, Kitobdagi “Qarshi Conch sement” loyihasi har ikki tomon uchun manfaatli boʻlganini taʼkidladi. Xitoy kompaniyasi rahbarini faxriy yorligʻi bilan taqdirladi.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda Qashqadaryo viloyatida 36 ta Xitoy sarmoyasi ishtirokida qoʻshma korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ularning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 117 mln. dollarni tashkil etib, Xitoyga mahsulotlar eksporti hajmi 10 mln. dollarga oʻsishga erishildi.