
«USAID»ning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Shahrisabz shahar «Hunarmandlar uyi»da mahalliy hunarmandlar bilan uchrashuv oʻtkazildi hamda viloyat hokimi Murotjon Azimov bilan rasmiy uchrashuvlar oʻtkazilib, bir qator loyihalar yuzasidan muzokara olib borildi.
Uchrashuvda M.Meredit mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni alohida eʼtirof etib, inson qadri va ijtimoiy masalalarga alohida urgʻu berilganini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir soʻngida, bir qator sohalarda taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi va dastlabki vazifalar belgilab olindi.

