
Hurmatli Qashqadaryolik tadbirkorlar!
Joriy yilning 15-18 noyabr kunlari Germaniyada boʻlib oʻtadigan «EURO – TIER FAIR 2022» koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz.
«EURO – TIER FAIR» – professional chorvachilik boʻyicha dunyodagi eng toʻliq axborot koʻrgazmalaridan biridir. Zamonaviy chorvachilikning mufassal masalalariga oid keng maʼlumotlarga ega mazkur koʻrgazma fermerlar va tadbirkorlar uchun muhim maʼlumot manbai boʻlib xizmat qiladi. Ushbu koʻrgazmada zamonaviy qishloq xoʻjaligiga oid turli mavzularda maʼruzalar, soʻngi yangiliklar, sessiyalar va hamkorlik yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Toʻliq maʼlumot uchun:
+998973100907

