
Turkiyada oʻtkazilayotgan “19-Xalqaro Istanbul yarmarkasi”da Qarshi tumanida toʻqimachilik sanoati yoʻnalishida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Litai Textile International” yirik xorijiy korxonasi ham ishtirok etmoqda.
Mazkur koʻrgazma doirasida korxona Turkiyaning bir qator korxonalari bilan tayyor ip-kalava etkazib berish yuzasidan 30 mln. dollarlik shartnomalar imzolashga muvaffaq boʻldi.
Bu esa, oʻz navbatida korxonaning eksport geografiyasi yanada kengayganini bildiradi.

