12 Jun 2023

MUBORAK TUMANI DELEGATSIYASI TURKIYADA XIZMAT SAFARIDA BOʻLIB QATOR INVESTITSIYA KELISHUVLARIGA ERISHMOQDA

Muborak tumanining ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya davlatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Safar davomida, Turkiyaning bir qator sanoat korxolari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Xususan:
Muborak tumanida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Kamolbek Invest” MCHJ tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan Turkiyaning “Ishik tarim Urunleri Sanavi Ve Ticaret A.S” kompaniyasi bilan qiymati 500 ming dollarlik uskunalarni oʻrnatish yuzasidan shartnoma;

Muborak tumanidagi “Muhammad Nazar Qodir” MCHJ tomonidan meva-sabzavotlarni quritish loyihasini amalga oshirish maqsadida, Turkiyaning “Yeditepe Organik Gida LTD.” kompaniyasi bilan uskunalarni keltirib oʻrnatish yuzasidan 120 ming dollarlik shartnomalar imzolandi.