27 Okt 2023

ROSSIYA FEDERATSIYASINING RYAZAN SHAHRIDA BOʻLIB OʻTGAN FORUMDA QASHQADARYO VILOYATI HAM ISHTIROK ETDI

Joriy yilning sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Ryazan shahrida
“VI Xalqaro biznes kunlari“ forumi boʻlib oʻtdi.

Forumda Qashqadaryo viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasidan Shaxriyor Hamzaev
Qashqadaryo viloyati
ning investitsion salohiyatini yoritib berdi, viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va ikki tomonlama oʻzaro savdo aloqalarini mustahkamlash, ishbilarmon doiralar vakillari bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy shartnomalar tuzish, ikki hudud oʻrtasidagi eksport-importni rivojlantirish borasida nutq soʻzladi.