
Joriy yilning sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Ryazan shahrida
“VI Xalqaro biznes kunlari“ forumi boʻlib oʻtdi.
Forumda Qashqadaryo viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasidan Shaxriyor Hamzaev
Qashqadaryo viloyatining investitsion salohiyatini yoritib berdi, viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va ikki tomonlama oʻzaro savdo aloqalarini mustahkamlash, ishbilarmon doiralar vakillari bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy shartnomalar tuzish, ikki hudud oʻrtasidagi eksport-importni rivojlantirish borasida nutq soʻzladi.

