
Muborak tumanining ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya davlatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Safar davomida, Turkiyaning bir qator sanoat korxolari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Xususan:
Muborak tumanida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Kamolbek Invest” MCHJ tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan Turkiyaning “Ishik tarim Urunleri Sanavi Ve Ticaret A.S” kompaniyasi bilan qiymati 500 ming dollarlik uskunalarni oʻrnatish yuzasidan shartnoma;
Muborak tumanidagi “Muhammad Nazar Qodir” MCHJ tomonidan meva-sabzavotlarni quritish loyihasini amalga oshirish maqsadida, Turkiyaning “Yeditepe Organik Gida LTD.” kompaniyasi bilan uskunalarni keltirib oʻrnatish yuzasidan 120 ming dollarlik shartnomalar imzolandi.

