25 May 2023

KITOB TUMANIDA XITOYLIK INVESTORLAR TOMONIDAN OSMA DOR YOʻLI QURILADI

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va Xitoy Xalq Respublikasining «China CAMC Engineering Co., LTD» kompaniyasi bosh direktori bilan onlayn formatda muzokara boʻlib oʻtdi.

Ungi koʻra, Kitob tumanining «Qaynar» turizm mahallasida Xitoy tajribasi asosida yiliga 200 ming mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan zamonaviy turistik kompleks qurilishiga kelishildi.

Bundan tashqari, mazkur turistik kompleksga tutash hududda soatiga 800 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan, uzunligi 1,9 km va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra qiymati 15 mln. dollarlik zamonaviy osma dor yoʻli qurilishiga kelishildi.

Shuningdek, kelishuvga koʻra viloyatda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda 20 ga yaqin umumiy hajmi 500 MVt dan ortiq boʻlgan quyosh foto-elektr stantsiyalari, mini GES lar va shamol elektr stantsiyalari qurilishi rejalashtirilmoqda.