
Qamashi tumanida «Qamashi tekstil» MCHJ tomonidan umumiy qiymati 24 mlrd. soʻmlik «Chorvachilik kompleksi» tashkil etildi. Kompleksga joriy yilning fevral-mart oylarida Latviyadan 122 bosh qoramol keltirildi.
Yil yakuniga qadar qoramol soni 500 boshga etkazilishi rejalashtirilmoqda. Korxona toʻliq ishga tushgach yiliga 3,5 mlrd. soʻmlik goʻsht mahsulotlari etishtirilishi rejalashtirilmoqda. Kompleks ishga tushishi munosabati bilan 10 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

