Shahrisabz shahrida «Hisorak gidro qurilish» MCHJ tomonidan 3 mln. dollarlik investitsiyalar hisobiga mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.
Korxona Turkiyalik hamkorlar loyihalari asosida bunyod etilgan boʻlib, yiliga 162 mlrd. soʻmlik jami 34 ming jamlanma (komplekt) import oʻrnini bosuvchi mebel mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Hozirgi vaqtda, korxona Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga 2023 yil yakuniga qadar 2,0 mln. dollarlik tayyor mahsulotni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Kelgusida bu koʻrsatkichni 4,0 mln. dollarga etkazish maqsad qilingan.
Korxona ishga tushishi munosabati bilan 180 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

