06 Mar 2023

SHAHRISABZ SHAHRIDA ZAMONAVIY TIBBIYOT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Shahrisabz shahrida umumiy qiymati 5 mlrd. soʻmlik «Chilonzor med center» zamonaviy tibbiyot markazi qurib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur tibbiyot markaziga Xitoy, Germaniya va Koreyadan jami 500 ming dollarlik eng soʻngi rusumdagi texnologiyalar, xususan:
«3D» rentgen, lor kombayni, endos, audiometriya, tempanometriya uskunalari olib kelib oʻrnatildi.

Markaz ishga tushishi bilan 15 nafar malakali shifokor va hamshiralar ish bilan taʼminlandi. Hozirgi kunda markazda barcha turdagi lor sohasida jarrohlik amaliyotlari, 3 nafar operatsion blok, «3D»-rentgen, statsionar fizioterapiya, stomatologiya amaliyotlari yoʻlga qoʻyilgan.