
Oʻzbekiston Bosh konsuli Guandun provintsiyasining yirik muzeylaridan biri – «Qirol Nanyue» muzeyi direktori Li Minyun bilan muzokara oʻtkazdi. Muzokarada madaniy-gumanitar va turizm sohalarida Oʻzbekiston hududlari bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi hamda Qashqadaryo viloyatining madaniyat va tarix muzeyi bilan oʻzaro madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, «Qirol Nanyue» muzeyi va Qashqadaryo viloyatining madaniyat va tarix muzeylarida oʻzaro hamkorlikda koʻrgazmalar tashkil etish, tajriba almashish, oʻquv-trening va seminarlar uyushtirish hamda xitoylik sayyohlarni mamlakatimizga jalb qilishga yoʻnaltirilgan ishlar koʻlamlarini kengaytirishga xizmat qiladigan bir necha masalalar yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

