
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan, er soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlari berilishi belgilangan.
Bunda ishtirokchilar foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab quyidagi muddatlarda ozod qilinadi:
3 mln. dollardan – 5 mln. dollargacha investitsiya uchun – 3 yil;
5 mln. dollardan – 15 mln. dollargacha investitsiya uchun – 5 yil;
15 mln. dollar va undan koʻp investitsiyalar uchun –10 yil.
(Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 68-bob, 473-moddasi)

