31 Yan 2023

VILOYAT HOKIMI VA SEKTOR RAHBARLARI SHAHRISABZ SHAHRIDA YANGI QURILAYOTGAN IP YIGIRUV FABRIKASI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari Shahrisabz shahrida yangi qurilayotgan “Oqsaroy tekstil compakt” ip yigiruv fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

850 ta yangi ish oʻrinlari yaratilayotgan mazkur fabrika tsexlarini aylanib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va samaradorligiga eʼtibor qaratishdi.

Korxona toʻliq ishga tushgach, ishlab chiqariladigan tayyor ip-kalava mahsulotlarini xorijga eksport qilish rejalashtirilmoqda.