24 Okt 2022

QARSHI SHAHRIDA POLIMER MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHI YANGI KORXONA ISH BOSHLADI

Qarshi shahrida «POLIMER MAXSULOT» MCHJ tomonidan qiymati 0.9 mln. dollarlik polimer mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini boshladi.

Loyihani amalga oshirishda ATB «Milliy bank» tomonidan 0.45 mln. AQSH dollari ajratilgan.

Korxonada yiliga 2000 tonna miqdorida polietilen quvurlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Tayyor mahsulot ichki bozorni taʼminlashi va qoʻshni viloyatlar bozorlariga sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.