
Kasbi tumanidagi «Shakarjoʻy» don qabul qilish maskani hududida qiymati 1.7 mlrd. soʻmlik “Kasbi tegirmon” MCHJ faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Korxonada hozirgi vaqtda 4100 tonna bugʻdoy zaxirasi shakllantirilgan boʻlib, kuniga 50 tonna «Musaffo» nomi ostida bugʻdoy uni ishlab chiqarilmoqda.
Korxona ishga tushishi natijasida 30 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi. Korxonada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot ichki bozorni taʼminlamoqda.

