
Kitob tumanidagi “Dustboy chorva” fermer xoʻjaligiga Germaniyadan “Golshteyn” zotiga mansub 64 bosh qoramollar keltirilib, “Dobraya ferma” nomi ostida sifatli sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada yiliga 30 tonna sut qayta ishlanib, kuniga 1 tonnaga yaqin sutdan kefir, smetana va pishloq kabi sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Yil yakunigacha 15 tonnalik 780 mln. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

