Xabari berilganidek, Qarshi xalqaro aeroportida Namangan viloyati rahbarlari va 150 dan ortiq Namangan viloyati tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tantanali kutib olindi.
Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari tashrifni islom ilm-fani, xususan, aqida ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan «Abu Muyin Nasafiy» majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi.
Delegatsiya aʼzolariga tuman rahbari Bexzodjon Yusupov hamrohlik qildi.
Tashrif davomida Nasafiy qabri ziyorat qilinib, ulugʻ alloma haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari majmuada tashkil etilgan kutubxona va muzey bilan ham tanishishdi.









